Qodirov shu tariqa uning o‘limini bashorat qilayotgan siyosatshunoslar va xorijiy nashrlarga javob qaytardi.
“Men yana bir bor takrorlashdan charchamayman va g‘urur bilan aytaman: Rossiya oliy bosh qo‘mondoni piyoda askariman va o‘zimga tegishli emasman. Men dinga, vatanga, uning manfaatlariga mansubman. Vladimir Vladimirovichning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyorman, hatto natijasi o‘lim bo‘lsa ham”, — dedi Checheniston rahbari.
Shuningdek, u Putinga hurmat-ehtiromda undan ham fidoyiroq odam borligini bilsa, to‘satdan jon berishini aytdi. Qodirov Rossiya prezidentiga “bir emas, ikki marta jon qarzdor” ekanini va o‘limdan qo‘rqmasligini bildirdi.