Ramzan Qodirov Putin uchun o‘lishga ham tayyorligini ma’lum qildi

Ramzan Qodirov Putin uchun o‘lishga ham tayyorligini ma’lum qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Vagner” rahbari kabi u ham “nishonga olinishi” yoki kasalligi sababli o‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qodirov shu tariqa uning o‘limini bashorat qilayotgan siyosatshunoslar va xorijiy nashrlarga javob qaytardi.

“Men yana bir bor takrorlashdan charchamayman va g‘urur bilan aytaman: Rossiya oliy bosh qo‘mondoni piyoda askariman va o‘zimga tegishli emasman. Men dinga, vatanga, uning manfaatlariga mansubman. Vladimir Vladimirovichning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyorman, hatto natijasi o‘lim bo‘lsa ham”, — dedi Checheniston rahbari.

Shuningdek, u Putinga hurmat-ehtiromda undan ham fidoyiroq odam borligini bilsa, to‘satdan jon berishini aytdi. Qodirov Rossiya prezidentiga “bir emas, ikki marta jon qarzdor” ekanini va o‘limdan qo‘rqmasligini bildirdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив