Qarorga muvofiq 2023 yil 1 dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.
“Tashqi reklama” tizimida, xususan quyidagilar belgilanadi:
2023 yil 1 dekabrga qadar tashqi reklama va axborot ob’ektlari (konstruksiyalari) xatlovdan o‘tkaziladi va ular ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalarida va binolarda reklama joylari ommaviy oferta shaklida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi. Auksion g‘olibi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilmaydi;
Xususiy, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarida hamda transport vositalarida reklama joylashtirish huquqini beruvchi Reklama joyining pasporti YAIDXP axborot tizimi orqali beriladi;
Reklama joyi pasportlarining amal qilish muddati davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar uchun 2024 yil 1 dekabrgacha va yer uchastkalari uchun 2030 yil 1 dekabrgacha etib belgilanadi.
Undan tashqari, 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ijara haqining stavkalari bir kvadrat metr uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ma’muriy markazlarida 10 foizi hamda boshqa hududlarda 7 foizi miqdorida belgilanadi.