Tashqi reklamani monitoring qilish tizimi ishga tushadi
O‘zbekistonda Tashqi reklamani raqamli monitoring qilish tizimi ishga tushadi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Qarorga muvofiq 2023 yil 1 dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.
Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalarida va binolarda reklama joylari ommaviy oferta shaklida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi. Auksion g‘olibi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilmaydi;
Xususiy, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarida hamda transport vositalarida reklama joylashtirish huquqini beruvchi Reklama joyining pasporti YAIDXP axborot tizimi orqali beriladi;
Reklama joyi pasportlarining amal qilish muddati davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar uchun 2024 yil 1 dekabrgacha va yer uchastkalari uchun 2030 yil 1 dekabrgacha etib belgilanadi.
Undan tashqari, 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ijara haqining stavkalari bir kvadrat metr uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ma’muriy markazlarida 10 foizi hamda boshqa hududlarda 7 foizi miqdorida belgilanadi.
Qarorga muvofiq 2023 yil 1 dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.
“Tashqi reklama” tizimida, xususan quyidagilar belgilanadi:
2023 yil 1 dekabrga qadar tashqi reklama va axborot ob’ektlari (konstruksiyalari) xatlovdan o‘tkaziladi va ular ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalarida va binolarda reklama joylari ommaviy oferta shaklida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi. Auksion g‘olibi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilmaydi;