DataLife Engine / Yevgeniy Prigojin eng nufuzli yahudiylar ro‘yxatidan joy oldi

Yevgeniy Prigojin eng nufuzli yahudiylar ro‘yxatidan joy oldi

Har yili dunyodagi eng nufuzli 50 yahudiy ro‘yxatini tuzadigan Isroilning The Jerusalem Post gazetasi 2023-yilgi reytingga “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinni kiritdi. 

Rossiyalik tadbirkor “postskriptum” belgisi bilan asosiy ro‘yxatdan tashqarida 52-o‘rinni egallagan. Biografik ma’lumotda Prigojin “2016-yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashish uchun restoran imperiyasi va trol fabrikasini yaratgani” yozilgan. Biroq Prigojinning “Vagner” bilan bog‘liq faoliyati unga dunyo miqyosida shuhrat keltirgani ta’kidlangan.

Gazetaning iddao qilishicha, 23-avgust kuni aviahalokatda o‘lgan 62 yoshli Prigojinning otasi yahudiy bo‘lgan va Isroilga qochoqlarni qaytarish huquqiga ega edi. Reytingning 2023-yildagi yetakchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken egalladi.

Reytingning 22-qatoriga rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichni Isroil “Do‘stlik jamg‘armasi” prezidenti Yael Ekshteyn bilan birga joylashtirdi va ularni Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi yahudiylar deb atadi. Ro‘yxat mualliflarining taʼkidlashicha, sanksiyalarga qaramay, Abramovich “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga yordam beruvchi betaraf tomon sifatida parda ortida hal qiluvchi rol o‘ynagan”.

2022-yilgi eng nufuzli yahudiylar reytingida birinchi o‘rinni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy egallagandi. Keyinchalik u ikkinchi o‘ringa o‘tkazilib, yetakchilik Isroil bosh vaziri Yair Lapidga berilgan. 2023-yilda nashr Ukraina rahbarini ro‘yxatga kiritmadi.


16-09-2023, 07:47
Вернуться назад