Yevgeniy Prigojin eng nufuzli yahudiylar ro‘yxatidan joy oldi
Har yili dunyodagi eng nufuzli 50 yahudiy ro‘yxatini tuzadigan Isroilning The Jerusalem Post gazetasi 2023-yilgi reytingga “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinni kiritdi.
Rossiyalik tadbirkor “postskriptum” belgisi bilan asosiy ro‘yxatdan tashqarida 52-o‘rinni egallagan. Biografik ma’lumotda Prigojin “2016-yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashish uchun restoran imperiyasi va trol fabrikasini yaratgani” yozilgan. Biroq Prigojinning “Vagner” bilan bog‘liq faoliyati unga dunyo miqyosida shuhrat keltirgani ta’kidlangan.
Gazetaning iddao qilishicha, 23-avgust kuni aviahalokatda o‘lgan 62 yoshli Prigojinning otasi yahudiy bo‘lgan va Isroilga qochoqlarni qaytarish huquqiga ega edi. Reytingning 2023-yildagi yetakchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken egalladi.
Reytingning 22-qatoriga rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichni Isroil “Do‘stlik jamg‘armasi” prezidenti Yael Ekshteyn bilan birga joylashtirdi va ularni Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi yahudiylar deb atadi. Ro‘yxat mualliflarining taʼkidlashicha, sanksiyalarga qaramay, Abramovich “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga yordam beruvchi betaraf tomon sifatida parda ortida hal qiluvchi rol o‘ynagan”.
2022-yilgi eng nufuzli yahudiylar reytingida birinchi o‘rinni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy egallagandi. Keyinchalik u ikkinchi o‘ringa o‘tkazilib, yetakchilik Isroil bosh vaziri Yair Lapidga berilgan. 2023-yilda nashr Ukraina rahbarini ro‘yxatga kiritmadi.