Endi bojxona organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan va sud qaroriga binoan davlat daromadiga olingan mol-mulklar auksionga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Bojxona Axborot xizmati.
Buni "Bojxona servis" davlat muassasasi va uning hududiy bo‘limlari "E-auksion shop" elektron savdo do‘koni orqali amalga oshirishadi.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 oktyabr kuni qabul qilingan 526-son qarorida nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024 yil 1 sentyabrga qadar davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotishning xususiy operatorlar tomonidan tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritildi.