Davlat daromadiga olingan tovarlar onlayn auksion savdoga qo‘yiladi

Davlat daromadiga olingan tovarlar onlayn auksion savdoga qo‘yiladi
Endi bojxona organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan va sud qaroriga binoan davlat daromadiga olingan mol-mulklar auksionga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Bojxona Axborot xizmati.

Buni "Bojxona servis" davlat muassasasi va uning hududiy bo‘limlari "E-auksion shop" elektron savdo do‘koni orqali amalga oshirishadi.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 oktyabr kuni qabul qilingan 526-son qarorida nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024 yil 1 sentyabrga qadar davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotishning xususiy operatorlar tomonidan tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив