Yandex.Go O‘zbekistonda soliq to‘lamayotgani yuzasidan Soliq qo‘mitasi izoh berdi.
Joriy yilning sentyabr oyida Ridetech International B.V. kompaniyasiga ikki oy muddatda o‘z faoliyatini qonun hujjatlari asosida tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yilgan:
1. Faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan soliqlarni to‘lash;
2. Soliq organlari axborot tizimi bilan integrasiyalashuvni ta’minlash va mijozlarga avtomatik shakllantiriladigan fiskal chek taqdim etish.
2023 yil 1 dekabrga qadar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga «Yandex.Go» kompaniyasining O‘zbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron Platformadan foydalanishni bloklash bo‘yicha rasmiy murojaat qilishini ma’lum qiladi.