«Yandex.Go» O‘zbekistonda bloklanadi

«Yandex.Go» O‘zbekistonda bloklanadi
Yandex.Go O‘zbekistonda soliq to‘lamayotgani yuzasidan Soliq qo‘mitasi izoh berdi.

Joriy yilning sentyabr oyida Ridetech International B.V. kompaniyasiga ikki oy muddatda o‘z faoliyatini qonun hujjatlari asosida tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yilgan:

1. Faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan soliqlarni to‘lash;

2. Soliq organlari axborot tizimi bilan integrasiyalashuvni ta’minlash va mijozlarga avtomatik shakllantiriladigan fiskal chek taqdim etish.

2023 yil 1 dekabrga qadar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga «Yandex.Go» kompaniyasining O‘zbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron Platformadan foydalanishni bloklash bo‘yicha rasmiy murojaat qilishini ma’lum qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив