Bosh prokuratura elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.T.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar Sirdaryo tumani “Taraqqiyot” MFYdagi ushbu MCHJga qarashli qum-shag‘al qazib olish karyeriga ulangan transformatorning elektron hisoblash priboriga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 1,1 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.b.” MCHJ rahbari B.YU. MCHJ yer maydonini sug‘orish uchun umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga suv nasosini o‘zboshimchalik bilan ulab, 578,1 ming kVt/s elektr elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 785,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.