Isroil prezidenti Sud islohotlarini zudlik bilan to‘xtatishni buyurdi

Isroil prezidenti Sud islohotlarini zudlik bilan to‘xtatishni buyurdi
Isroil prezidenti Isxak Gersog hukumatni sud-huquq islohotini o‘tkazish jarayonini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

"Isroil xalqining birligi nomidan sizni qonunchilik jarayonini to‘xtatishga chaqiraman", — deb yozdi davlat rahbari Twitter'dagi sahifasida.

Gersog yangi norozilik namoyishlari fonida mamlakatdagi o‘ta keskin ijtimoiy-siyosiy vaziyatni qayd etdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив