Kanadan yuqadigan yangi virus aniqlandi
Rossiyaning Osiyo qit’asi hududida joylashgan qismida kana chaqishi natijasida odamga yuqadigan yangi Xaseki virusi aniqlandi.
Birinchi marta 2011-2012 yillarda Vladivostokda kana chaqishi natijasida noma’lum virusni yuqtirish holatlari aniqlangan. Kasal bo‘lganlarda uch-besh kun davomida o‘tkir respirator sindromli isitma yuzaga kelgan edi.
O‘n yil o‘tgach, Rospotrebnadzorning “Vektor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi olimlari tadqiqot o‘tkazishdi va bu Xaseki virusi ekanligini aniqlashdi. Tahlil uchun Vladivostokda kana chaqqan bemorlarning zardobi arxiv namunalari, shuningdek, Novosibirskdagi katta yoshli kanalar va odam zardobi namunalari tanlab olindi.
Xaseki virusi ham alohida, ham boshqa kanalardan yuqadigan infeksiyalar bilan birga mavjud bo‘la oladi, deyiladi aif.ru saytida.
“Biz aniq aytishimiz mumkinki, virus nafaqat Rossiyaning ikki mintaqasida tarqalmoqda, uning tarqalish geografiyasi ancha kengroq”, dedi “Vektor” Markazining katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi Mixail Kartashov.