Gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami beriladi

Gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami beriladi
Hukumat qarori (132-son, 25.03.2023 y.) bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritildi

Unga ko‘ra:

elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi;

yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami bo‘yicha amalga oshiriladi;

YHXDX organlarida ro‘yxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartiriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив