G7 davlatlari ko‘mir ishlab chiqarish to‘xtatish bo‘yicha kelisha olmadi

G7 davlatlari ko‘mir ishlab chiqarish to‘xtatish bo‘yicha kelisha olmadi
Katta yettilik guruhi mamlakatlari iqlim, energetika va atrof-muhit vazirlari ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich to‘xtatish muddati bo‘yicha kelisha olmadilar. Bu haqda “Anadolu” yozmoqda.

Ikki kun davom etgan yig‘ilish Yaponiya raisligida mamlakat shimolidagi Xokkaydo provinsiyasi Sapporo shahrida bo‘lib o‘tdi.

Anjumandan so‘ng e’lon qilingan qo‘shma deklarasiyada vazirlar ko‘mir elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich to‘xtatish uchun yakuniy sanani belgilay olmagani aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, G7 mamlakatlari “2035 yilgacha to‘liq yoki asosan karbonsizlangan elektr energiyasi sektorini” yaratish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi. 2050 yilga kelib, nol energiya tizimi maqsadiga erishish uchun to‘xtovsiz qazib olinadigan yonilg‘idan bosqichma-bosqich voz kechishni tezlashtirishga va’da berishdi.

Vazirlar 2035 yilga borib avtomobil sanoatidan chiqadigan issiqxona chiqindisini 50 foiz kamaytirishga kelishib oldilar.

Yakuniy deklarasiyada tabiiy gaz iste’molini ham ozaytirish zarurligi ta’kidlangan. Ayni yo‘nalishda kiritilgan investisiya elektr energiyasi taqchilligini bartaraf etishga yordam beradi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi sezilarli darajada oshiriladi. Shuningdek, 2030 yilga borib dengizdagi shamol stansiyalari quvvati 150 gigavattgacha oshiriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив