Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 18 mln soʻmdan pul mukofoti beriladi
"Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida" prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (oʻn sakkiz million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi belgilangan.
Tegishli mutasaddilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bu pul mukofotining tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini taʼminlaydi.
Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.