Oʻzbekistonda ishlanmaydigan bayram kunlari soni bittaga koʻpayishi mumkin
Oʻzbekistonda ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetishi mumkin. Deputatlar “Mehnat kodeksining 208-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqib, qabul qilishdi.
Maʼlumot oʻrnida, amaldagi Mehnat kodeksiga muvofiq, Oʻzbekistonda 9 ta (ishlanmaydigan) bayram sanalari mavjud:
1 yanvar — Yangi yil;
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21 mart — Navroʻz;
9 may — Xotira va qadrlash kuni;
1 sentyabr — Mustaqillik kuni;
1 oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
8 dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
"Qonun loyihasi bilan 11 noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda", - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, bu qonun loyihasining qabul qilinishi xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini taʼminlash tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda kasaba uyushmalari tizimida 34 mingdan ortiq boshlangʻich tashkilotlar, 6 ming 700 dan ziyod xodim va 300 mingga yaqin faollar xizmat qilmoqda.