Qarshi shahridagi yo‘l transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Qarshi shahridagi yo‘l transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Hodisa soat 13:30 larda 4R-79 Qarshi–Chim–Chiroqchi–Shahrisabz avtomobil yo‘lining 12-kilometrida yuz bergan. Qarshi tumani “Xonobod” MFY hududida harakatlangan haydovchi b.M. Ravon-3 rusumli avtomobilni Shahrisabz–Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelib, qarama–qarshi tomondan kelayotgan haydovchi J.A. boshqaruvidagi Nexia-2 bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida Nexia-2 avtomashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Nexia-2 rusumli avtomobil haydovchisi ham tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.

Holat yuzasidan viloyat Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив