Andijondagi sexda yong‘in chiqdi
Kecha, 6 may kuni Andijon shahridagi chiqindini qayta ishlovchi sexda yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:11 da Andijon shahrining “Jumabozor” MFY hududidagi “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan MCHJga qarashli chiqindi-lata mahsulotlarni qayta ishlash sexida yong‘in yuz bergan. Oqibatda binoning taxminan 100 kvadrat metr maydonida xomashyolar yongan.
Voqea joyiga soat 19:23 da yetib borilib, yong‘ing 19:26 da o‘rab olingan va 19:40 da o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida tan jaroxati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.