Namanganda soxta IIB xodimi qo‘lga olindi
Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan soxta ichki ishlar xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 25 aprel kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro tumandagi sog‘lomlashtirish markazi ish boshqaruvchisi IIV shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Sog‘lomlashtirish markaziga kirib, o‘zini Davlatobod tumanii IIBda ishlashini aytgan shaxs hech qanday to‘siqlarsiz faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berish evaziga 200 AQSh dolllari talab qilganligini bildirgan.
Shuningdek, ushbu shaxs pullarini bir qismini rahbariyatga berishini ham aytgan. Ariza yuzasidan shu kuni 15:00 larda boshqarma tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi talab qilgan 200 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Holat bo‘yicha Namangan shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28- bilan 11-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.