NamDU oldida 26 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi
6 may kuni soat 12.00 da Namangan Davlat Unversiteti oldida 26 yoshli erkak o‘zining 23 yoshli turmush o‘rtog‘ini xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.
So‘ng, u o‘ziga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, o‘z joniga suiqasd qilgan.
Shu vaqtda, voqea joyida bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘z joniga suiqasd qilgan erkak shifoxonaga xushsiz holatda olib borilgan.
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o‘rtog‘i bilan 2022 yilning yanvar oyidan buyon o‘zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan.
Shundan so‘ng, u turmush o‘rtog‘ini o‘zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashq qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib yurgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.