«Mening yo‘lim» loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi
7 may kuni soat 18-00da «Ochiq budjet» axborot portalida e’lon qilingan «Mening yo‘lim» loyihasining joriy yilgi mavsumiga ovoz berish jarayoni yakunlandi.
➖«Mening yo‘lim» loyihasiga 10 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan.
➖27 apreldan 7 may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, 517 ta loyiha g‘olib deb topildi.
➖Ovoz berish jarayonida 8 mln. 93 ming 918 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
➖Hududlar kesimida, ushbu jarayonlarda eng ko‘p g‘olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 412.40 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.