Buxoroda ijaradagi uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ijaradagi uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi. Bu haqda Daryo nashriga Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, holat 2 may kuni soat 18:00 larda viloyat IIB TQK JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish” tadbiri davomida aniqlangan.
Shofirkon tumani “Iskogare” mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan H.D. ijaraga olgan Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasidagi uyda bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. U buning evaziga 200 000 so‘m naqd pul olib, fohishaxona tashkil etish va qo‘shmachilik qilish jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.