2026 yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqandda o‘tkaziladi
«2026 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federasiyasining 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Shuningdek,
Butunjahon shaxmat olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha FIDE bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlari imzolanadi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etuvchi erkaklar va ayollarning 3 tadan O‘zbekiston milliy terma jamoalari shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga shaxmatni soddalashtirilgan tarzda o‘rgatuvchi animasion materiallar va o‘quv qo‘llanmalari yaratiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini shaxmatga qiziqtirish va o‘rgatish bo‘yicha «Shaxmat bog‘chadan boshlanadi» maxsus dasturini amalga oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yiladi.
Har yili maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Shaxmat festivali» musobaqalari o‘tkaziladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida «Maktab ligasi», «Akademik lisey ligasi», «Professional ta’lim muassasalari ligasi» va «Talabalar ligasi» musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli o‘tkazishni yo‘lga qo‘yiladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab «Shaxmat stipendiyasi» ta’sis etiladi. «Maktab ligasi», «Akademik lisey ligasi», «Professional ta’lim muassasalari ligasi» va «Talabalar ligasi» musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida «Shaxmat stipendiyasi» bilan rag‘batlantiriladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat to‘garaklarini tashkil etish va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun davlat mulki ob’ektlari va hududlardagi «Yoshlar markazlari»dan ijara to‘lovlarisiz (kommunal to‘lovlar bundan mustasno) joy ajratiladi.
2024 yildan boshlab har yili professional shaxmat klublari o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazib boriladi.
FIDE tasnifiga kiruvchi nufuzli xalqaro musobaqalarni bosqichma-bosqich O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlari amalga oshiriladi.