Umra ziyorati ma’lum muddatga to‘xtatildi
Saudiya Arabistonida 2023 yilgi Haj mavsumi boshlanishi munosabati bilan Umra ziyorati bir muddatga qoldirildi. Bu haqda O‘zbekiston Umra ziyoratlari Assosiasiyasi “Daryo”ga ma’lum qilgan.
Assosiasiya vakilining nashrga ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni Podshohligi 5 maydan Umra safariga viza berishni to‘xtatgan.
“Doimiy tartib shunday. Umra safariga viza berilishi Muharram oyigacha ya’ni 20 iyulgacha to‘xtatilgan. Bu haqda Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vazirligi rasman e’lon bermagan bo‘lsa-da, amalda viza berish to‘xtatildi”, — deyiladi Assosiasiya axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, 15 maydan e’tiboran Makka shahriga kirish ham rasman to‘xtatiladi va faqatgina Makkada yashash ruxsatnomasi bor insonlargina shaharga kiritiladi.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda 2,6 millionga yaqin kishi Haj ziyoratini ado etgan. Biroq pandemiya fonida qirollik rasmiylari 2020 va 2021 yillarda faqat cheklangan miqdordagi ziyoratchilarga, 2022 yilda esa 1 million kishiga Hajga kelishga ruxsat bergan. Shu bilan birga, 2022 yilda faqat 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, to‘liq emlangan yoki koronavirusga qarshi immunitetga ega, surunkali kasalliklari bo‘lmagan shaxslar Haj ziyoratini ado etishi mumkin edi. Keyinchalik bu cheklov olib tashlandi.