Rayhon G‘aniyeva qo‘shiq uchun she’rni shoirdan ruxsatsiz olgani aniqlandi
Xonanda Rayhon G‘aniyeva ijro etgan “Yaxshimasmi” nomli tarona she’r muallifidan ruxsat olinmasdan bastalangani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalq orasida “Abdussamiy” taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxruh Abduvohidovga tegishli “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” nomli she’rlari muallifning ruxsatisiz ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rilishini so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqilgan.
O‘rganish mobaynida taniqli ijodkorlar Rayhon G‘aniyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi” nomli qo‘shiqlarining she’rlari, bastakor Shahboz Nosirjonov tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanilgani aniqlanib, holat yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, mualliflik huquqini buzgan shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida – 750 ming so‘m jarima jazosi berilgan.
Ma’lumot uchun, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.