UzCard va Humo bankomatlarini birlashtirish ishlari yakunlandi
O‘zbekistonda UzCard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integrasiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi.
Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: UzCard'ga ulangan va Humo bank kartalarini qabul qiluvchi Kapitalbank bankomati, shuningdek Humo'ga ulangan va UzCard kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” bankomati.
UzCard matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, to‘lov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtirilgan.
2023 yil 1 iyundan boshlab banklar bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.