Olimlar qon tahlili orqali saratonni aniqlashning yangi usulini ixtiro qilishdi

Olimlar qon tahlili orqali saratonni aniqlashning yangi usulini ixtiro qilishdi
Britaniyalik va amerikalik bir guruh olimlar qon tahlili yordamida saraton tashxisi usulini sinash yaxshi natija berganini ma’lum qildi, deya xabar beradi BBC

Yangi tadqiqot ishlari 2020 yilning bahorida boshlangan.

Olimlar oddiy qon tekshiruvi yordamida saratonning 50 dan ortiq turli belgilarini erta bosqichda aniqlash haqida o‘ylashmoqda.

«Galereya» deb nomlangan sinov mexanizmi o‘simtadan qonga o‘tadigan genetik koddagi, ya’ni DNKdagi kimyoviy o‘zgarishlar belgilarini aniqlaydi.

Olimlar metodologiya bo‘yicha ishlar hali yakunlanmaganini, biroq aytish mumkinki, testning birinchi bosqichidan so‘ng og‘ir kasalliklardan omon qolgan bemorlar soni ko‘payganini aytdi.

Sinov, ayniqsa, bosh va bo‘yin, yo’g‘on ichak, o‘pka, oshqozon osti bezi va tomoq saratonini aniqlashda samarali.

Britaniyaning NHS sog‘liqni saqlash tizimi 2024-2025 yillarda ushbu usulni yana million kishida sinab ko‘rishni rejalashtirgan.

«Saratonni erta aniqlash juda muhim. Ushbu test saratonni erta aniqlashga va minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi», – dedi NHS onkologiyasi rahbari, professor Piter Jonson.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив