AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta 32 trillion dollardan oshdi

AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta 32 trillion dollardan oshdi
AQSH Moliya vazirligi tarixda birinchi marta AQSH davlat qarzi 32 trillion dollardan oshganini ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

“Jami to‘lanmagan davlat qarzi 32 trillion 39 milliard 244 million dollarni tashkil etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ilgari bu ko‘rsatkich 31,95 trillion dollar darajasida bo‘lgan. Iyun oyi boshida AQSH prezidenti Jo Bayden davlat qarzi chegarasini 2025-yil 1-yanvargacha vaqtincha oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. 

32 trillion dollarlik ko‘rsatkich pandemiyadagi prognozdan to‘qqiz yil oldin yuzaga keldi, bu kovid ta’sirini va iqtisodiy o‘sishning sustligini bartaraf etish uchun trillionlab dollarlik favqulodda xarajatlarni aks ettiradi.

Kongressning Budjet boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda ikki tomonlama qarz chegarasini ikki yilga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi kelishuv federal xarajatlarni o‘n yil davomida 1,5 trillion dollarga qisqartiradi.

Ammo o‘n yillikning oxiriga kelib, hatto xarajatlar qisqartirilgan taqdirda ham qarz 50 trillion dollardan oshishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив