“O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 11-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida maʼlum qilindi.

Yig‘ilishda bundan to‘rt yil avval Toshkent-Samarqand, Toshkent-Andijon pulli yo‘llari va “Taxtaqoracha” dovonida pulli tonnel qurish topshiriqlari berilgani, biroq na loyiha qilish, na investor jalb qilish bo‘yicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagani tanqid ostiga olingan.

Maʼlumot uchun, Husniddin Hosilov 1970-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy.

U 1992-yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining injener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-yilda “O‘zinterservis” qo‘shma korhonasida tarmoq boshlig‘i sifatida boshlagan.

1999–2002-yillar “O‘ztemiryo‘lmashtaʼmir” unitar korxonasida turli lavozimlarda ishlagan. 2002 – 2008-yillar strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i, bir vaqtning o‘zida “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK bosh menedjer–bosh muhandisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2011 – 2014-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK bosh menedjer – bosh muhandisi lavozimida ishlagan. 2014–2016-yillarda Vazirlar Mahkamasining Departament mudiri lavozimida ishlab kelgan.

2016–2019-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning bosh menedjer–bosh muhandisi lavozimida ishlagan. Hosilovga 2019-yil 5-fevraldan hukumat qarori bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvining raisi vazifasini bajarish yuklatilgan. 2019-yil iyunidan rasman AJ boshqaruv raisi lavozimini egallaydi.

Husniddin Hosilov 2020-yil 31-yanvardan esa yana boshqaruv raisi “v.b” etib tayinlangandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив