Investisiya vazirligida “investisiya menejeri” lavozimi tashkil etiladi
Yangi loyihalar hisobidan qo‘shimcha 3 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Bu borada eng katta imkoniyatlardan biri oliy darajadagi xorijiy tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar hisoblanadi.
Jumladan, so‘nggi ikki yilda Saudiya Arabistoni, Fransiya, Vengriya, Singapur, Misr, Germaniya, Xitoy, Italiya, Qatar va boshqa davlatlar bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlarda juda katta kelishuvlarga erishildi.
Investisiya jalb qilish bo‘yicha Vengriya, Pokiston, Tailand, Chexiya va Yaponiya bilan hamkorlikda ijobiy o‘zgarishlar borligi ta’kidlandi. Ushbu davlatlardan o‘tgan yili bor yo‘g‘i 40 million dollar investisiya jalb qilingan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 450 million dollarga ko‘paydi.
Lekin, Misr, Eron, Ispaniya, Hindiston va Belgiya davlatlaridagi elchilar faoliyatida hali natija ko‘rinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Endi xorijiy kelishuvlar doirasidagi investorlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ta’kidlandi. Bunda Investisiya vazirligida har bir yangi investorga hamrohlik qilish uchun “investisiya menejeri” lavozimi tashkil etiladi va bevosita vazirga bo‘ysunadi. Ular xorijiy investorlar bilan doimiy aloqada bo‘ladi va kelib tushgan masalalarni hal qilib boradi.
Investisiya va tashqi ishlar vazirlarining barcha o‘rinbosarlariga “investisiya menejerlari” bilan birga shu tizim asosida jami 437 ta investor bilan amaliy ishlarni boshlab, joriy yilning o‘zida qo‘shimcha 3 milliard dollar investisiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi.