Mo‘g‘ulistonda Qirg‘iziston elchixonasi ochildi

Mo‘g‘ulistonda Qirg‘iziston elchixonasi ochildi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda Qirg‘iziston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Kabar” agentligi.

Diplomatik missiyaning ochilishi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 9-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Japarov o‘z farmoni bilan Aybek Ortiqboyevni Qirg‘izistonning Mo‘g‘ulistondagi elchisi etib tayinlagan edi.

Marosimda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Qirg‘iziston elchisi Aybek Ortiqboyev, Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batseseg Batmunxin ishtirok etdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив