Qirg‘iziston suvni mahsulot sifatida sotishni boshlamoqchi
Bu haqda prezident Sadir Japarov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir BMTda suvni mahsulot sifatida tan olish masalasi ko‘rilyapti.
Japarov, shuningdek, ilgari Qirg‘iziston qishda Qozog‘iston va O‘zbekistondan elektr energiyasini naqd pulga sotib olgani, yozda esa qo‘shnilariga shunchaki suv berib yuborganini aytdi. Endi, Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, tartib o‘zgardi.
“Qishda elektr energiyasini naqd pulga sotib olmayapmiz. Biz energiya almashinuvini amalga oshiryapmiz. Qishda ular bizni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, yozda biz generator orqali suv chiqaramiz va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qaytaramiz. Ma’lum bo‘lishicha, oldin biz faqat suvni qo‘yib yuborganmiz”, deydi u.