Ukrainada rossiyalik oligarxlarning aktivlari milliylashtirildi

Ukrainada rossiyalik oligarxlarning aktivlari milliylashtirildi
Aka-uka Arkadiy va Igor Rotenberglar, Oleg Deripaska, Yevgeniy Giner mulki Ukraina byudjetiga o‘tkaziladi.

11 iyul kuni Ukraina Davlat tergov byurosi (DTB) bir qancha rossiyalik oligarxlarning mol-mulki milliylashtirilganini
e’lon qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Oliy sud bir qator tijorat tuzilmalari va ularning egalariga nisbatan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha qarorlar qabul qildi. Kremlga yaqin bo‘lgan bir qancha rossiyalik oligarxlarning milliardlab grivnaga teng aktivlari Ukraina davlat byudjetiga o‘tkaziladi.

«DTB xodimlari Rossiya mulkdorlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nlab kompaniyalarni fosh qildilar, ularning faoliyati «sanksiyalar to‘g‘risida»gi Ukraina qonunining 4-moddasi birinchi qismi 11-bandiga taalluqlidir. Ushbu tijorat tuzilmalarining yakuniy foyda oluvchilari orasida Putinga yaqin rossiyalik oligarxlar ham bor. Xususan, aka-uka Arkadiy va Igor Rotenberglar, Oleg Deripaska, Yevgeniy Giner», deb yozdi byuro.

Qayd qilinishicha, Oleg Deripaskaga tegishli 272 mln dollarlik zavodlar, Rotenberglarga tegishli 350 mln dollarlik savdo markazi, shuningdek, Ginerga tegishli investisiya banki (uning qiymati xabarda keltirilmagan) musodara etiladi.

Shu bilan birga, Ginerga tegishli o‘nlab kompaniyalardagi 55 mln dollarga yaqin qiymatga ega ulush ham hibsga olinadi.

«Ukraina iqtisodiyotining boshqa muhim strategik tarmoqlarida rossiyaliklarning ustav kapitali va mulkining turli ulushlari ham milliylashtirildi. Yuzlab ishlab chiqarish binolari, uskunalar, omborlar davlat hisobiga o‘tkazildi», deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив