Xitoyda 125 million yillik sutemizuvchi hamda dinozavr qoldiqlari topildi

Xitoyda 125 million yillik sutemizuvchi hamda dinozavr qoldiqlari topildi
Xitoy va Kanada olimlari yoshi 125 million yil bo‘lgan bo‘r davriga oid yirtqich sutemizuvchi va o‘txo‘r dinozavrning noyob qoldiqlarini topishdi, deb xabar beradi tass.ru.

Ikkala hayvon ham tezda nobud bo‘lgan, bunga vulqon otilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Olimlar hayvonlar qoldiqlarining yaxshi tarzda saqlanib qolganini uning Xitoyning Lyaonin viloyatidagi «Dinozavr Pompeyi» nomi bilan mashhur Luszyatun hududidan topilgani bilan izohlamoqda. Bu yerda bir yoki bir nechta vulqon otilishi natijasida vayronalar ostida ko‘plab hayvonlar dinozavrlar, sutemizuvchilar, kaltakesaklar va amfibiyalar qoldiqlari saqlanib qolgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив