Yuk mashinalari “Welcome to Uzbekistan" shiori ostida brendlandi

Yuk mashinalari “Welcome to Uzbekistan" shiori ostida brendlandi
O‘zbekiston turistik salohiyatini xorijda keng targ‘ib etish maqsadida yuk mashinalari “Welcome to Uzbekistan” shiori ostida brendlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tashabbus Transport Vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Endilikda avtotransport vositalari xalqaro yo‘l koridorlaridan o‘tib bir nechta xorijiy davlatlar hududlari bo‘ylab O‘zbekiston imijini targ‘ib qila boshlaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив