Hojiboy Tojiboyev tug‘ilgan qishloqda uning muzeyi ochildi
Tojikistonning So‘g‘d viloyatida taniqli so‘z ustasi, Tojikiston va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Jabbor Rasulov tumani Gulxona qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekistondan ham bir guruh san’atkorlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbirdan oldin Hojiboy Tojiboyevning yaqinlari, muxlislari va o‘zbekistonlik mehmonlar san’atkor qabrini ziyorat qildi.
Hojiboy (Hojimurod) Tojiboyev Yangiqishloq, hozirgi Navbunyod qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni bitirgach, Toshkentdagi teatr va rassomchilik institutiga o‘qishga kirgan. U mehnat faoliyatini hozirgi Spitamen tumani Shukur Burxonov nomli o‘zbek davlat musiqali drama va komediya teatrida boshlagan. Keyinroq Xo‘janddagi hozirgi Kamol Xo‘jandiy nomli teatr va O‘zbekistondagi san’at muassasalarida ishlagan.
Xotira kechasida Jabbor Rasulov tumani raisining o‘rinbosari Ilhom Ahmadzoda Hojiboy Tojiboyevning hayoti va faoliyati haqida so‘zlar ekan, yurtdoshlari el sevgan san’atkor bilan faxrlanishlarini ta’kidladi. Shuningdek, xotira tadbirida tuman madaniyat bo‘limi mas’ullari, Gulxona qishloq jamoati faollari, san’at va adabiyot vakillari, Hojiboy Tojiboyevning oila a’zolari so‘zga chiqdi.
Tadbirda o‘zbekistonlik san’atkorlar ijrosidagi do‘stlik, muhabbat va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Gulxona qishloq jamoatidagi muhtasham Madaniyat qasri Hojiboy Tojiboyev nomiga qo‘yildi. Ayni shu binoda san’atkorga bag‘ishlangan muzey ochildi.