O‘qituvchilarga to‘lanmay qolgan qariyb 8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi

O‘qituvchilarga to‘lanmay qolgan qariyb 8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 9 ming 403 ta ta’lim muassasalarida pedagoglarga mehnat ta’tili uchun haq to‘lanishi holati o‘rganilgan.

O‘rganishlarda respublika bo‘yicha jami 656 ta holatda buyruqni rasmiylashtirishda xatolikka yo‘l qo‘yilgani, buning natijasida mehnat ta’tili uchun haq belgilanganidan kam to‘langani aniqlangan.

Ko‘rilgan ta’sir choralaridan so‘ng 8 ming 243 nafar pedagogning ta’til pullari qayta hisob-kitob qilinib, ular foydasiga jami 7 mlrd 825 mln so‘m mablag‘ undirib berilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив