Tarix fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada o‘zbeksitonlik o‘quvchi oltin medalga sazovor bo‘ldi

Tarix fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadada o‘zbeksitonlik o‘quvchi oltin medalga sazovor bo‘ldi
Shu kunlarda Italiyaning Rim shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida tarix fani bo‘yicha Xalqaro olimpiada qizg‘in davom etmoqda.

Nufuzli olimpiadada hamyurtlarimiz ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda.

Jumladan, unda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 103-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 11-”V” sinf o‘quvchisi Humoyun Baxtiyorov faxrli birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi deya
xabar berdi Toshkent shahar Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив