Myanma harbiy sudi Nobel mukofoti sovrindorini afv etdi
Myanma harbiy sudi tomonidan qamoq jazosiga hukm qilingan Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Chji afv etildi, deya xabar beradi Kazinform Euronewsga tayanib.
Myanma xuntasi mamlakatning sobiq demokratik yetakchisi Aun San Su Chjiga qisman amnistiya e’lon qildi. Bayonotga ko‘ra, bu amnistiyaning faqat bir qismi bo‘lib, unga 7 ming mahkum kiradi. Aun San Su Chji o‘ziga qo‘yilgan 19 ta aybning 5 tasi bo‘yicha oqlandi. Biroq uning qachon ozodlikka chiqishi aniq emas.
Myanmaning sobiq davlat maslahatchisi 2021 yil boshida davlat to‘ntarishidan so‘ng hibsga olingan va harbiy sud tomonidan bir nechta jinoiy ayblovlar bo‘yicha sudlangan. Shuningdek, u saylov qonunchiligini buzganlik va korrupsiyada ayblangan. Umuman olganda, 77 yoshli Aun San Su Chji o‘ttiz yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilindi.
U ayblovlarni rad etib, ular asossiz ekanini aytdi. Tarafdorlari «xunta siyosatchini izolyasiya qilish uchun ishni soxtalashtirgan» deb hisoblashadi.
Myanmadagi favqulodda holat yana olti oyga uzaytirilganidan bir kun o‘tib Aun San Su Chji afv etildi. Bu esa mamlakatda saylovlar o‘tkazish va fuqarolik boshqaruvini tiklash imkoniyatlariga soya soladi.