Vengriya Shvesiyaning NATOga kirishini kechiktirdi

Vengriya Shvesiyaning NATOga kirishini kechiktirdi
Vengriyada Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullash uchun muxolifat tashabbusi bilan o‘tkazilgan parlamentning navbatdan tashqari sessiyasida kvorumga erishilmagani uchun ovoz berishni o‘tkazib bo‘lmadi.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, hukmron partiya deputatlari Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullash uchun muxolifat partiyasi deputatlari o‘tkazgan navbatdan tashqari parlament yig‘ilishiga norozilik bildirib, yig‘ilishda qatnashmagan.

Shvesiyaning NATOdagi ishtirokini ma’qullash bo‘yicha ovoz berish parlamentda uchdan ikki ko‘pchilik ovozga ega bo‘lgan hukmron partiya a’zolari yig‘ilishda qatnashmaganidan keyin qoldirildi.

Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Szijarto 11 iyul kuni Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullagani hozirda "faqat texnik masala" ekanini aytdi.

Vengriya 28 iyun kuni Shvesiyaning NATO a’zoligini ratifikasiya qilish sessiyasi kuzga qoldirilganini e’lon qildi.

Finlyandiya 4 aprel kuni NATOning 31-a’zosiga aylandi, Turkiya va Vengriya esa Shvesiyaning NATOga a’zoligini hali tasdiqlamagan edi.

Vengriya vaziri Szijjarto, 5 iyul kuni qilgan bayonotida, Anqara bilan doimiy aloqada bo‘lishlarini qayd etdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiyaning Shvesiyaning ittifoqqa a’zoligiga munosabati o‘zgarsa, Vengriya hech bir davlatning NATOga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив