Rossiyaning Xitoyga neft yetkazib berish hajmi oshdi

Rossiyaning Xitoyga neft yetkazib berish hajmi oshdi
Rossiya neftini Xitoyga yetkazib berish 2023-yilning yanvaridan iyuligacha 25,2 foizga va 60,6 million tonnadan oshdi, deya xabar bermoqda “TASS” Xitoy bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib.

Suyultirilgan gaz yetkazib berish 62,7 foizga oshdi va 4,46 million tonnani tashkil etdi, quvurlar orqali gaz yetkazib berish ikki barobarga oshdi.

Rossiya Xitoyga birinchi neft yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda, garchi pul ko‘rinishida yetkazib berish 5,8 foizga 32,1 milliard dollargacha kamaygan.

Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha Saudiya Arabistoni ikkinchi, Iroq, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummon uchinchi o‘rinda turadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив