AQSh prezidentligiga nomzod Ukrainadagi urushning tugashini qanday ko‘rishini aytdi

AQSh prezidentligiga nomzod Ukrainadagi urushning tugashini qanday ko‘rishini aytdi
Donald Trampning raqiblaridan biri, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami Ukrainadagi urushni qanday tugatishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

Uning aniqlik kiritishicha, bu holatda gap Rossiyaning mag‘lubiyati haqida emas, balki AQShning g‘alabasi haqida ketmoqda. Ramasvami Rossiya Federasiyasi shartlari bilan urushni tugatishni to‘g‘ri deb hisoblaydi.

Ramasvamining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Xitoy harbiy ittifoqi AQSh uchun harbiy xavf tug‘diradi va AQShning Ukraina bilan aloqasi Rossiyani "Xitoy quchog‘iga" undamoqda. Bu uni eng qo‘rqitadigan narsa va shuning uchun Ukrainadagi urushda Rossiya yutqazishi shart emas. Uning uchun, birinchi navbatda, AQSh xavfsizligi muhim.

Ramasvami, shuningdek, uning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina hududida yon berishlari kerakligini ta’kidladi: “Men Donbassning bir qismini Rossiya nazorati ostida qoldiradigan joriy nazorat liniyalarini muzlatib qo‘ygan bo‘lardim. Shuningdek, NATO Ukrainani alyansga qabul qilmasligiga va’da bergan bo‘lardim. Bizning maqsadimiz Putinning mag‘lubiyati emas, bizning maqsadimiz Amerikaning g‘alabasi”.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив