Ijtimoiy himoya milliy agentligining Norin tuman bo‘limiga rahbar tayinlandi.
Sadriddinov Alyorbek Bahromjonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Namangan viloyati Norin tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Norin tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lumot uchun Alyorbek Baxromjonovich 1989 yilda Norin tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.
U mehnat faoliyatini 2013 yilda Norin tuman soliq inspeksiyasida inspektor lavozimidan boshlab, 2017-2022 yillarda rahbarning o‘rinbosar va birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar Namangan viloyati Chortoq tuman soliq inspeksiyasi "Byudjet daromadlarini prognozlashtirish" bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyunidagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida amalga oshirildi.