Markaziy bank yangi esdalik tangalar sotuvini yo‘lga qo‘ymoqda

Markaziy bank yangi esdalik tangalar sotuvini yo‘lga qo‘ymoqda
“Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi” mavzusiga bag‘ishlangan Markaziy bankning oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Sotuv joriy yilning 29 avgustidan boshlanadi. Oltindan tayyorlangan estalik tangalar 15 va 20 gramm og‘irlikda hamda kumushdan tayyorlangani 31,1 grammni tashkil etadi.

Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив