Evropaning 11 davlatida salmonellyoz bilan kasallanish holatlari qayd etilgan

Evropaning 11 davlatida salmonellyoz bilan kasallanish holatlari qayd etilgan
Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, salmonellyoz infeksiyasi qit’aning 11 davlatida qayd etilgan. Bu haqda Belgiya matbuotiga tayanib, “Report” xabar bermoqda.

Hozirgacha Avstriya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Niderlandiya, Norvegiya, Sloveniya, Finlyandiya, Fransiya, Shvesiyada ifloslangan tovuq go‘shtini iste’mol qilish natijasida jami 134 nafar salmonellyoz holati qayd etilgan.

Daniyada kasallikning kamida 97 holati qayd etilgan. Avstriyada salmonellyozdan 1 ta o‘lim qayd etildi. Infeksiyalarning aksariyati yanvar va avgust oylarida qayd etilgan.

Ikki hafta oldin Avstriya sog‘liqni saqlash idoralari salmonellyoz infeksiyasi va Polsha tovuq mahsulotlari o‘rtasidagi bog‘liqlikdan xavotir bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, bemorlarning deyarli barchasi polsha tovuq kaboblarini iste’mol qilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив