Norin tuman hokimi "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi.

Norin tuman hokimi  "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi.
Bugun Norin tumanidagi barcha umumtaʼlim maktablarida yangi o‘quv yili anʼanaviy tarzda boshlanib, birinchi qo‘niroqlar yangradi. Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tumandagi 6-sonli umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda tuman hokimi  ham ishtirok etdi.

Tadbirda tuman rahbari so‘z olib, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yilligi hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan tabrikladi va yangi o‘quv yili barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun omadli va sermazmun kelishiga tilak bildirdi.

Tadbir davomida faol o‘qituvchilarga toifa sertifikatlari hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarga esa “Prezident sovg‘asi” tantanali tarzda tarqatildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив