AT “Xalk banki ” Norin filiali binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Norin tumanining O‘zbekiston ko‘chasida zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan AT “Xalk banki ” Norin filiali binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Akramjon Abduhamidov, bank va moliya muassasalari vakillari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari, bino qurilishida bevosita ishtirok etgan pudratchi tashkilot quruvchilari jamoasi hamda filial xodimlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar AT “Xalk banki” Norin tuman filialida bugungi kunda mijozlar soni ortgani, yangi zamonaviy binoga bo‘lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda ushbu AT Xalk banki Boshqaruvi tomonidan zamonaviy hamda ko‘rkam binoning qurilishi maʼqullanganligi tuman aholisiga quvonch baxshida etganligini alohida taʼkidlashdi.
Albatta, bankning bu filiali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish bilan birga, mamlakatda biznes yuritishni istagan ishbilarmonlik vakillari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mijozlarga tez va samarali xizmat ko‘rsatish va qolaversa, viloyat miqyosida ajratilgan bank kreditlari hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida ekanligini qayd etib o‘tdi.
Shundan so‘ng, qarsaklar sadosi ostida tantanali ochilish marosimining ramziy tasmalari kesilib, bank filialining ochilganligi rasman eʼlon qilindi hamda filial boshqaruvchisiga binoning ramziy kaliti topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari zamonaviy arxitektura talablariga to‘liq javob beradigan, o‘z meʼmoriy dizayni bilan tuman ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan filial binosi ostonasidan ichkariga qadam qo‘yib, bank mijozlari va xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.