Meksikada avtobusning poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida odamlar halok bo‘ldi va yaralandi

Meksikada avtobusning poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida odamlar halok bo‘ldi va yaralandi
Meksika markazidagi Xidalgo shtati Altiplano munisipalitetida yo‘lovchi avtobusi poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida yana 14 kishi jarohatlangan, jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Nashrning qayd etishicha, to‘qnashuv avtobus haydovchisi poyezd yaqinlashayotgan vaqtda temir yo‘lni kesib o‘tishga uringani sababli sodir bo‘lgan.

To‘qnashuvdan so‘ng avtobus ag‘darilib ketgan. Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив