O‘zbekiston Respublikasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari ID-karta orqali bojxonadan o'tish tartibi kuchga kirdi
“O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi 2006 yil 3 oktyabrdagi Bitim”ga o‘zgartirishlar kiritish haqida 2023 yil 27 yanvarda Bishkek shahrida ikki mamlakat Hukumat vakillari tomonidan imzolangan Bayonnoma talablariga muvofiq ikki davlat fuqarolari bir birlarining hududiga kirish, undan chiqish va harakatlanish uchun ID-kartalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kelishilgan.
Ikki mamlakat o‘rtasida kelishuv asosida mazkur tartib 2023 yil 25 avgustdan e’tiboran kuchga kirishi e’lon qilinib, 2023 yil 1 sentyabr soat 00:00dan boshlab amalga kiritildi.
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Qirg‘iziston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirmasdan, identifikasiyalovchi ID-kartasi bilan borishlari mumkin.
Xuddi shunday tartibda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari o‘zlarining milliy ID-kartalari bilan O‘zbekiston Respublikasiga kirishlari, chiqishlari va bo‘lishlari mumkin.